Lineker: "Mbappe mundial "Oltin to‘p"ini yutish uchun finalda xet-trik qilishi kerak"

  • 18 dekabr, 2022, 16:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker Lionel Messi va Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

"Agar Mbappe finalda xet-trik yoki o‘ziga xos biror narsa qilmasa, Messi Jahon chempionatining "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritadi. "Oltin butsa"ga kelsak, hammasi joyida. Bitta gol kurashni Messi yoki Mbappe foydasiga hal qilishi mumkin.

O‘ylaymanki, Messi barqaror o‘yinlari uchun turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi. Kilian ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Bizga sehrli lahzalarni taqdim etdi. Ammo baribir Leo kabi ko‘p emas", - dedi Lineker.

Eslatib o‘tamiz, Argentina va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi bugun 20:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!