
"Lion" daniyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
"Sampdoriya" klubi himoyachisi Yoaxim Andersen faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 23 yoshli daniyalik futbolchi "Lion" bilan shartnoma imzoladi. Biroq, hozircha kelishuv shartlari oshkor etilmayapti.
Ma’lumot uchun, Andersen "Midt’yulland" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sampdoriya" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U shu kungacha A Seriya klubida 42ta o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar