
"Lion" Dembelening narxini e’lon qildi
Frantsiyaning "Lion" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Mussa Dembelening transferi narxini e’lon qildi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra lionliklar 23 yoshli futbolchini 45 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmaydi. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq unga "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Dembele o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 33ta o‘yinda ishtirok etdi va 15ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar