“Lion” futbolchisiga 4 ta superklubdan taklif bor, 2 tasi mamlakati chempioni

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Ussem Auarga bir qator grand jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jumladan, “Yuventus”, PSJ, “Manchester Siti” va “Arsenal” kabi klublar frantsiyalik xavbek xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.

O‘z navbatida, “Lion” rahbariyati uni 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. UEFA Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin uning xaridorlari ancha sergak tortib qolishdi. Avvalroq, 22 yoshli futbolchi “Real” ustozi Zidanning ham kuzatuvlari ostida ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Auar 2016 yildan beri “Lion” safida harakat qiladi va uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!