"Lion" hujumchisini APL klubiga sotishni xohlamadi

  • 13.09.2020 18:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Lion" forvardi Bertran Traore "Aston Villa"ga o‘tmaydi. Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, birmingemliklar 25 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davrida tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan va buning uchun frantsuz grandiga 17 mln evro taklif qilgan. Ammo “Lion” rahbariyati Bertranni sotishni istamadi.

Traore “Lion” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 126 ta o‘yinda maydonga tushdi va 33 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!