“Lion” superto‘purarini 5 million evroga sotmoqda

  • 20 dekabr, 2020, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lion” rahbariyati yozda shartnomasi tugaydigan Memfis Depayni qishda 5 milion evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanini bildirdi.

Frantsuzlar niderlandiyalik hujumchi uchun bir necha oy oldin “Barselona”dan 25 million evro talab qilgani bois, bu transfer amalga oshmagan edi. O‘shanda hujumchining o‘zi ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga tayyor edi.  

Endi Depay erkin agent sifatida tekinga ketib qolmasligi uchun “Lion” oz bo‘lsa-da, pul ishlab qolmoqchi.

Depay joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 marta maydonga tushdi va raqiblar darvozasini sakkiz marta aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!