"Lion" ta’tildan qaytdi. Yarim yildan buyon maydonga tushmagan Depay mashg‘ulotlarni boshladi

  • 8 iyun, 2020, 21:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lion” klubi ta’tildan qaytdi va Chempionlar ligasi pley-off bosqichi hamda Frantsiya chempionatining yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

E’tiborlisi, uzoq muddatli davolanishdan so‘ng Memfis Depay va Jeff Ren-Adeled ham jamoa bilan birga shug‘ullana boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Lion”ni Turinda bo‘ladigan “Yuventus”ga EChL 1/8 final javob bahsi kutib turibdi. Ushbu jamoalarning Frantsiyadagi dastlabki uchrashuvi 1:0 hisobida “Lion” g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!