Lionel Messi shaxsiy rekordini yangilab, Xavining 11 yillik rekordni takrorladi
"Barselona" forvardi Lionel Messi Ispaniya chempionati 36-turi "Valyadolid" bilan bahsda Arturo Vidalga golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu Messi uchun joriy mavsumda La liga doirasidagi 20-assist bo‘ldi va o‘zining golli uzatmalar bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi.
Opta nashri ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik hujumchi 11 yil oldin bir mavsumda golli paslar bo‘yicha Xavi o‘rnatgan 20+ rekordni takrorladi.



Fikrlar