Lipinets Qudratillo Abduqahhorov haqida... Rus bokschisining ishtahasi karnay

  • 12 oktabr, 2020, 14:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi yarim o‘rta  vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Lipinets o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorovga qarshi jang sanasining o‘zgarishiga munosabat bildirdi. Dastlab, IBF muvaqqat chempionlik kamari uchun jang 10 oktyabrga belgilangan edi, ammo keyinchalik 24 oktyabrga qoldirildi.

Tecno

“Sana o‘zgarishini chempion sifatida qabul qildim va 24 oktyabrda men 10 oktyabrda qilmoqchi bo‘lgan ishimni amalga oshiraman. Ruhan juda kuchliman, shuning uchun sanani o‘zgartirishi bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Yig‘in yaxshi o‘tdi va jangga 100 foiz tayyorman. Men Jo Gussen bilan birga ishladim va ko‘plab ajoyib jangchilar, jumladan, Rashidi Ellis va Ronald Kruz bilan sparring janglar o‘tkazdim.

Hozircha bu vazndagi Errol Spens, Menni Pakyao, Denni Garsiya, Kit Turman, Shon Porter yoki Terens Krouford kabi jangchilar haqida o‘ylamayapman. Ularga etib borish uchun men 24 oktyabrda g‘alaba qozonishim kerak.

Abduqahhorovmi? Bekorga xech kim IBF reytingining etakchisi bo‘lmaydi. Abduqahhorov ko‘plab janglar o‘tkazish barobarida muvaffaqiyatli havaskorlik faoliyatiga ham ega. U ringda tezkor. Qolaversa, kuchli ekanligini bilaman va u meni mag‘lub etish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi. U bilan jang vaqtida masofani saqlash va ochko to‘plash kerak. Ajoyib jangni kutmoqdaman. Menga qarshi nimani tayyorlasa, unga qarshi rejam bo‘ladi va har qanday holatda g‘alaba qozonaman”,- dedi Lipinets.

31 yoshli Lipinets professional ringda 16 g‘alaba (12 nokaut)  va bir mag‘lubiyat qayd etgan. 27 yoshli Qudratillo Abduqahhorov esa mag‘lubiyatsiz odimlamoqda va 17 ta g‘alabaga (9 nokaut) erishgan.  

Qudratillo Abduqahhorov Lipinetsni engsa, navbatdagisi kim bo‘ladi yoxud uning ehtimoliy raqiblari ham o‘zaro jang qiladi

Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets jangining rasmiy posteri taqdim etildi (Foto)

Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinetsning jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Manba: Boxingscene

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!