
LIVE. O‘zbekiston – Turkmaniston. Vakillarimiz yirik hisobda zafar quchdi
Bir necha daqiqalardan so‘ng futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs orqali Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi. Uchrashuvni quyida matnli translyatsiya qilib boramiz.
20. Uchrashuvga start berildi.
17. Dilshod Rahmatovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
16. Eliboevning xatosidan keyin raqib futzalchisi biroz noaniq zarba yo‘lladi
15. GOOOOOOOOL! Hamroevning uzatmasidan keyin Davron Choriev uchrashuvda hisobni ochishga erishdi.
13. Elbek To‘lqinovning kuchli zarbasi yo‘liga raqib futzalchisi to‘g‘anoq bo‘ldi.
12. Raqibning 10-raqamli futzalchisi hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq yaqin masofadan noaniq zarba yo‘lladi.
11. Turkmaniston terma jamoasi muvozanatni tiklashga astoydil harakat qilmoqda.
10. Darvozabonimiz Eliboevning zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.
8. GOOOOOOOOOL! Mashrab Odilov chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunlandi.
7. Raqib murabbiyi taym-out olishga qaror qildi.
7. Bahs davom etadi ...
6. Raqibning zarbasi Hamroevga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
5. GOOOOOOOOOOOOL! Ixtiyor Ropievning tepgan to‘pi rikoshet orqali darvoza to‘ridan joy oldi.
2. Raqib futzalchisining uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.
1. Bahodir Ahmedov taym-oyt oldi.
0. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha 3:0 hisobida oldindamiz.
20. Ikkinchi taym boshlandi.
18. GOOOOOOOOOL! Mashrab Odilov kuchli zarbasi bilan hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
16. Raqiblarimiz qarshi hujumdan qulay imkoniyatga ega bo‘lgandi. Ammo ular vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
15. Qo‘shnilarimizning yana bir zarbasi noaniq ko‘rinish oldi.
13. Eliboevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi.
12. Turkmanistonliklardan navbatdagi xavfli zarba. Posbonimiz Eliboevdan ajoyib reaktsiya.
10. Nishonovning zarbasi raqib himoyachilariga tegib qaytdi.
10. GOOOOOOOOOOOL! Dilshod Rahmatov burchakdan uzatib berilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi - 5:0.
7. Vakillarimiz o‘yinni nazorat qilib turibdi.
7. Hamroevning zarbasini raqib himoyachilari bartaraf etdi.
7. GOOOOOOOOOOL! Ropiev ham Odilov singari dubl muallifiga aylandi.
6. Yana GOOOOOOL! Ropievdan assist, Fahriddinov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi. Ajoyib kombinatsiya!
5. Hamyurtlarimiz uzoqdan tinmay raqib posbonini sinovdan o‘tkazmoqda.
2. Futzalchilarimiz to‘pni nazorat qilib turibdi.
0. GOOOOOOOL! Akbar Usmonov ajoyib tarzda jamoamizning sakkizinchi golini urdi.
0. Uchrashuv yakunlandi. O‘zbekiston - Turkmaniston - 8:0.
Fikrlar