"Liverpool"da zahira o‘tirgandan, ketgan ma’qul

  • 20.09.2026 14:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul»ning yoshlar jamoasida to‘p surayotgan himoyachi Lyuk Chembers faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur e’lon qildi.

Manbalarga ko‘ra, futbolchiga «Seltik» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha kelishuv qay tarzda amalga oshishi – ijarа shaklida mi yoki to‘liq transfer ko‘rinishidami – aniq emas.

Transfermarkt portali mutaxassislari Chembersning bozor qiymatini bir million yevro atrofida baholamoqda. Himoyachining «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Premyer-liganing to‘rt turidan so‘ng «Liverpul» olti ochko jamg‘argan holda turnir jadvalidа to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!