"Liverpool" raqib yulduzi bilan kelishuvga erishdi
«Kristal Pэlas»ning flangda oʻynaydigan hujumchisi Ismaila Sarr «Liverpul» klubi bilan shaxsiy shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqida indykaila News nashri xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, mersisayd klubi bilan kelishuvga erishilgandan soʻng senegallik futbolchi endi «Kristal Pэlas» rahbariyatini «Liverpul» taklifini qabul qilishga koʻndirishga urinmoqda. Futbolchining oʻzi faoliyatini aynan «qizillar» safida davom ettirishni istamoqda.
Ismaila Sarr 2024 yildan beri «Kristal Pэlas» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda jami 92 ta oʻyin oʻtkazib, 33 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Yangi mavsumda 28 yoshli vinger hali maydonga tushgani yoʻq. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar moʻljallangan.

Fikrlar