"Liverpool", "Bavariya" va "Chelsi" bir himoyachi uchun kurash olib boradi
"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jake uchun Evropaning 3ta grand klubi kurashmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, yaqindagina 20 yoshli himoyachi London klubi bilan shaxsiy kelishuvga erishgani, biroq transfer shartlarini hal qila olmagani ma’lum bo‘lgan edi. Manbaga ko‘ra, Angliyaning "Liverpul" va Germaniyaning "Bavariya" klublari vaziyatni kuzatib bormoqda. Mersisaylliklar va myunxenliklar qishda katta transferlarga qo‘l urmasa, yoki "Chelsi" maqsadiga eta olmasa, futbolchi uchun kurash yozda davom etishi kutilmoqda. Jakening "Transfermarkt" portalidagi narxi 20 million evroni tashkil etadi. Biroq "Renn" futbolchi uchun kamidi 65 million evro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchining o‘zi "Chelsi"da o‘ynashni ko‘proq istamoqda.

Fikrlar