
"Liverpul" 10 yil ichida 69 ta futbolchi xarid qildi
Liverpool Echo nashri "Liverpul" klubining so‘nggi 10 yillikdagi transfer siyosati haqida ma’lumot taqdim etdi.
Ushbu davr mobaynida "mersisaydliklar" 20 ta transfer oynasida 69 nafar futbolchini xarid qildi va buning uchun 800 mln funtda ortiq mablag‘ sarfladi.
Eng omadli 10 ta transfer ro‘yxatidan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi: Filippe Koutino (2013 yilning yanvarida "Inter"dan 8,5 mln funtga sotib olingan), Roberto Firmino (2015 yilning yozida "Xoffenxaym"dan 29 mlnga), Sadio Mane (2016 yilning yozida "Sautgempton"dan 30 mlnga), Muhammad Saloh (2017 yilning yozida "Roma"dan 36,9 mlnga), Virjil van Deyk (2018 yilning yanvarida "Sautgempton"dan 75 mlnga) va Alisson (2018 yilning yozida "Roma"dan 65 mlnga).
Fikrlar