
“Liverpul” 132 yillik rekordni yangiladi
“Liverpul” jamoasi Angliya Premer-ligasi 14-turidan o‘rin olgan bahsda “Everton”ni (4:1) mag‘lub etdi. Shu tariqa, “qizillar” qatorasiga 18 bellashuvda ikkitadan kam gol kiritmagan musobaqadagi dastlabki jamoaga aylandi.
Yurgen Klopp shogirdlarining ushbu rekordi 12 sentyabr kuni “Lids”ga qarshi (3:0) uchrashuvda boshlangan edi. Shundan so‘ng germaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa umumiy hisobda 57 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan oldingi rekord “Sanderlend” klubiga tegishli edi. “Qora mushuklar” 1927 yil ketma-ket 17 bahsda raqiblar darvozasiga 2 tadan kam gol kiritmagan.
Bundan tashqari, “Liverpul” mehmondagi ketma-ket 14 o‘yinda ikkitadan kam gol urmagan holda, 1888/89 yilgi mavsumda “Preston” tomonidan o‘rnatilgan rekordni ham yangilashga erishdi.
Fikrlar