“Liverpul” afsonasi klubni Muhamad Salohdan voz kechishga chaqirdi

  • 1 iyun, 2024, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning afsonaviy o‘yinchisi Mark Lourenson klub rahbariyati jamoaning hozirgi etakchisi Muhammad Salohni Saudiya Arabistoniga sotib yuborishga chaqirli.

Bir yil muqaddam saudiyaliklar misrlik to‘purar uchun “qizillar”ga 150 million funt taklif qilib, rad javobini olgandi.

Lourensonning fikricha, hozir 31 yoshli o‘yinchi uchun 100 million funt ham yaxshi narx hisoblanadi va Salohni jamoadan ketadigan davri kelgan.

- Muhammad Saloh ketishi kerak, degan hissiyotim bor. O‘ylashimcha, Saudiya Arabistoni voqealar rivoji uchun mos joy.

Saloh Afrika  kubogidan qaytganidan keyin o‘ziga o‘xshamay qoldi. Mavsum oxiriga kelib, arazlagandek ko‘rindi. Umuman olganda esa, u avvalgi Saloh emas.

“Liverpul” Muhammad Saloh uchun Saudiya Arabistoni Pro-ligasidan 100 million funt olishi mumkin. Vaziyatni inobatga olib, bu summaga ko‘nish kerak.

Saloh uzoq yillar davomida “Liverpul”da yuqori darajada o‘ynadi va endi muhitni o‘zgartiradigan davr keldi. Men uni yo‘lini to‘smagan bo‘lardim, - dedi  Mark Lourenson.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!