"Liverpul" afsonasi koronavirusga chalindi

  • 11.04.2020 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi afsonasi Kenni Dalglish koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, 69 yoshli sobiq futbolchi 8 aprel kuni davolanish uchun kasalxonaga yotqizilgan. Hozircha unda kasallik alomatlari paydo bo‘lmagani aytilmoqda.

Dalgish “Liverpul” safida 1977 yildan 1990 yilgacha to‘p surgan. Ushbu vaqt ichida mersisaydliklar bilan jami 22 ta sovrin qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari u “Liverpul”ni 2 marta (1985-1991, 2011-2012) boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!