
“Liverpul” afsonasi Stiven Jerrard futbolchilik faoliyatini tugatdi
Angliya “Liverpul” klubi afsonasi, “Los-Anjeles Gelaksi” klubi va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard faoliyatini tugandi.
Bu haqda endi sobiq futbolchi rasmiy bayonot qildi va barchaga minnatdorchilik bildirdi.
“Faoliyati ajoyib tarzda o‘tdi. “Liverpul”, “Los-Anjeles Gelaksi” va Angliya terma jamoasiga ulkan tashakkur. Men baxtliman, chunki yaxshi damlarni boshdan o‘tkazdim. “Liverpul” safida sardor bo‘lib, 700 dan ortiq o‘yinda maydonga tushganimdan farxlanaman.
Faoliyatim davomida buyuk futbolchilar bilan bir o‘ynadim. Meni uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlagan muxlislar va albatta oilamga rahmat. Kelgusi faoliyatim haqida keyinroq e’lon qilaman”, – dedi Stiven Jerrard.
Ma’lumot uchun, Stiven 1998–2015 yillar davomida “Liverpul” sharafini himoya qildi. 2015 yilda esa AQShning “Los-Anjeles Gelaksi” klubiga ko‘chib o‘tdi. Har ikki klub safida jami 729 o‘yinda maydonga tushgan Stivi Ji 185 ta gol hamda 115 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Angliya terma jamoasida safida Jerrard 114 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar