"Liverpul" afsonasi: "Trentni asosiy tarkibda o‘ynatmaslik kerak"

  • 21 aprel, 17:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sobiq futbolchisi, hozirda esa Britaniya televideniesida futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan Jeymi Karragerning fikricha, Trent Aleksander-Arnold Mersisayd klubi asosiy tarkibida maydonga tushmasligi kerak.

Tecno

— “Liverpul” o‘ziga xuddi shunday kreativ o‘ng qanot himoyachisini topishi kerak. Hozircha uning o‘rnini Konor Bredli bosishi mumkin. Agar Trent keyingi mavsumda jamoada qolmaydigan bo‘lsa, unda u asosiy tarkibda o‘ynamasligi lozim, — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi "Sky Sports".

Aleksander-Arnold “Liverpul” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 26 yoshli himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning iyun oxirigacha mo‘ljallangan. Ko‘plab yangiliklarga ko‘ra, yozda Trent "Real Madrid"ga o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!