"Liverpul" Angliya terma jamoasi a’zosi bilan muzokaralar boshladi

  • 12.08.2025 21:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"LiverpulM" "Kristal Pelas" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi transferi masalasida faollashdi. BBCning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, mersisaydliklar 25 yoshli Gexi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

O‘tgan yili "Liverpul" Gexi uchun 65 million funtgacha taklif qilgandi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Hozirda "Kristal Pelas" himoyachi uchun taxminan 40 million funt (taxminan 46 million evro) olmoqchi, ammo "qizillar" kamroq to‘lashga tayyor.

Avvalroq, "Kristal Pelas" rahbari Stiv Perish klub Gexi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanishi sababli uni sotishga majbur bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!