
“Liverpul” antiqa rekordni urib qo‘ydi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yozgi transferlar oynasini juda faol o‘tkazdi. Koub rahbariyati jamoaga chempionlik unvonini keltirgan Arne Slotni yangi ijrochilarni olib berish bilan siyladi.
Transfermarkt portalining yozishicha, “Liverpul” bir transfer oynasi davomida yangi o‘yinchilar transferiga sarflangan mablag‘ summasi bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatdi.
Mersisaydliklar yozning o‘zida tarkibni kuchaytirishga 483 million evro sarflab yubordi. Bu borada avvalgi rekord “Chelsi”ga tegishli bo‘lib, “aristokratlar” ikki yil muqaddam yozgi transferlar davrida yangi o‘yinchilarga 464 million evro tikkan edi.
“Liverpul” yozda ketma-ket ikkita transfer rekordini yangiladi. Dastlab, “qizillar” Germaniyaning “Bayer” klubidan Florian Virtsni olish uchun 125 million evro to‘ladi. Transfer oynasi yopilishi arafasida Mersisayd klubi “Nyukasl”dan shved hujumchisi Aleksandr Isaakni 144 million evroga oldi. Har ikki ko‘rsatkich ham Angliya rekordni hisoblanadi.
Bundan tashqari, Arne Slot jamoasiga Ugo Ekitike ((€ 95 mln), Milosh Kerkez (€ 46,9 mln), Jeremi Frimpong (€ 40 mln), Jovanni Leoni (€ 31 mln) va Armin Pechi (€ 1,78 mln) kelib qo‘shildi.
Fikrlar