“Liverpool” asosiy yulduziga o‘rinbosar topdi

  • 15.04.2026 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilishni rejalashtirib qoʻygan.

Klubni yoshi katta futbolchilar, xususan, jamoa sardori Virjil van Deyk ham tark etishi mumkin. Mersisaydliklar bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega niderlandiyalik himoyachiga hozirdan chorlovlar boʻlyapti.

“Liverpul” sport boʻlimi mutasaddilari van Deyk oʻrniga boshqa himoyachi topib qoʻydi. Klub Bundesligada “RB Leyptsig” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Kastello Lyukebani olib kelmoqchi.

Bu haqida TeamTalk nashri oʻz manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Manbaga koʻra, nemis klubi 23 yoshli futbolchini yozda qoʻyib yuborishga tayyor. Shartnomada 70 million yevro miqdorida tovon puli koʻrsatilgan. “Liverpul” bu transferni taxminan 55 million funtga amalga oshirishni rejalashtiryapti.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, Lyukebaning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!