
“Liverpul” baribir bir yulduzidan ayriladi
“Liverpul” yozda asosiy hujumchilaridan biri Roberto Firmino bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Braziliyalik futbolchi jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi va bu haqda bosh murabbiy Yurgen Kloppni ogohlantirdi.
31 yoshli futbolchi o‘z yurtida “Figeyrense” va “Tombense” jamoalarida to‘p tepgan. 2011 yili Evropaga ko‘chib o‘tdi va Germaniyaning “Xoffenxaym” klubida to‘rt yil o‘ynadi.
Firmino “Liverpul”ga 2015 yili olib kelingan. Shu paytga qadar mersisaydliklar safida jami 352 ta uchrashuvda qatnashib, 107 ta gol va 78 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar