“Liverpul” bilan kelisha olmagan himoyachi ketadigan bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” qanot himoyachisi Endryu Robertson faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi kutilyapti.
Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga Shotlandiya chempionatining eng qudratli jamoasi “Seltik” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
2017 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali himoyachining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Biroq tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kela olmayapti.
Joriy mavsumda Robertson «qizillar» safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, 1 tadan gol va assist qayd etdi.
Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 15 million evroga baholagan.
Endryu Robertson aslida Shotlandiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014 yili “Dandi Yunayted”dan Angliyaning “Xall Siti” klubiga ko‘chib o‘tgan va uch yildan keyin “Liverpul”ni 9 million evroga sotib olgandi.
Fikrlar