“Liverpul”: Bu futbolchi bunaqa narxga arzimaydi

  • 16.08.2020 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” rahbariyati “Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantaraga anchadan buyon og‘iz solmoqda.

Angliya chempioni ispaniyalik yarim himoyachi bilan to‘rt yillik shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Bundesliga chempioni esa bu o‘yinchisi uchun 30 million evro transfer summasi talab qilmoqda.

Alkantaraning “Bavariya” bilan shartnomasi besh oydan keyin yakunlanishini inobatga olib, “Liverpul” 30 million evro haddan ziyod ko‘p, deb baholamoqda. Alkantara shartnomasi tugashi bilan erkin agent sifatida istagan jamoasiga tekinga qo‘shilishi mumkin.

Yurgen Klopp olishni istayotgan Alkantara “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2008-2013 yillar kataloniyaliklar safida to‘p surgan va keyin “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgandi.

575353_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!