“Liverpul” chempion futbolchidan voz kechdi

  • 9 may, 14:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasida g‘olib chiqqan “Liverpul” yozgi transferlar davrida tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Yangi ijrochilarga joy ochish va mablag‘ bo‘shatish uchun uchun liverpulliklar ayrim o‘yinchilaridan voz kechishga qaror qildi.

Xususan, “qizillar” gretsiyalik himoyachi Kostas Tsimikasni transferga qo‘yadi. Football Insider nashrining yozishicha, klub 28 yoshli futbolchini 20 million evroga qo‘yib yuboradi.

Chap qanot himoyachisi “Liverpul”da 2020 yildan beri tshp tepmoqda. Ungacha o‘z vatani Gretsiyadan Norvegiya va Niderlandiya chempionatlarida to‘p tepgan.

Tsimikas joriy mavsum chempion jamoa safida barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga  tushib, o‘z hisobiga ikkita golli pas ham yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan hamkorligi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!