"Liverpul" Dias ketmasdan uning o‘rniga vinger topdi

  • 23 mart, 14:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Liverpul"ning yozgilar transferlar oynasida "Lion" futbolchisi Rayan Cherkini sotib olmoqchi. 
 
Mersesaydliklar Luis Diasning ehtimoliy ketishini qoplash uchun yangi hujumchi izlamoqda va bu borada jamoa "Lion"ning yosh yulduzi Cherkiga qiziqish bildirmoqda. 
 
Xabaringiz bor, Frantsiya klubi katta moliyaviy inqirozga duch kelgan bo‘lib, 500 million funt sterling atrofida qarzga botgani sababli jamoaga Ligue 2 ga tushirilish xavfi va transfer taqiqlari qo‘yilgan. Ushbu vaziyat klubni o‘zining eng yaxshi futbolchilarini sotishga majbur qilmoqda. 
 
"The Sun" xabariga ko‘ra, "Lion" va Cherki o‘rtasida kelishuv amalga oshgan bo‘lib, klub unga yozda boshqa jamoaga o‘tishga ruxsat bergan. Bu esa APL klubi uchun katta imkoniyat yaratmoqda. 
 
Biroq, "qizillar" frantsiyalik iqtidorli futbolchini qo‘lga kiritish uchun kuchli raqobatga duch kelishi mumkin. "Tottenxem", "Bavariya", "Borussiya Dortmund", "Kristal Pelas" va "Fulxem" ham Rayanga qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, Dortmund jamoasi uni yanvar oyida xarid qilishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli vinger joriy mavsum 34 ta bellashuvda ishtirok etib, 8 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!