
"Liverpul" egalari La Ligada ishtirok etuvchi Madrid klubini sotib olishmoqchi
"Liverpul"ga egalik qiluvchi kompaniya Ispaniya chempionati klublaridan birini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Amerikaning sportga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanuvchi Fenway Sports Group kompaniyasi Ispaniyaning Madrid provintsiyasiga qarashli "Xetafe" klubini sotib olishga qaror qilgan. Rahbariyatni klub La Liganing barqaror ishtirokchisi ekanligi o‘ziga jalb qilgan, shuning uchun u ko‘p klubli modelni rivojlantirish uchun juda mos keladi. "Xetafe" rahbari Anxel Torres klubni 100 mln funtga sotishga rozi bo‘ldi. Muzokaralar boshlangan.
Fenway Sports Group, shuningdek, mashhur "Boston Red Sox" beysbol jamoasi va "Pittsburgh Penguins" xokkey klubiga egalik qiladi.
La Liganing o‘tgan mavsumini "Xetafe" 42 ochko bilan 13-pog‘onada yakunladi.
Fikrlar