"Liverpul" etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin

  • 29 noyabr, 2019, 14:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Fabino jarohati sabab bir oydan ortiqroq maydonga tusholmasligi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, 26 yoshli braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga (1:1) qarshi bellashuvda jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Jamoa shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra Fabinoning sog‘ayishi uchun 6 hafta talab etilishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, u ushbu vaqt orasida jami 10 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Fabino joriy mavsum mersisaydliklar safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!