"Liverpul" futbolchisi yozda Italiyaga ketmoqchi

  • 27 aprel, 2021, 10:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jerdan Shakiri yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

29 yoshli shveytsariyalik futbolchi yana A Seriyaga qaytishi mumkin. Shakiri joriy mavsum juda kam maydonga tushmoqda va aynan o‘yin amaliyoti kamligi sabab boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Shakiri 2020/2021 yilgi mavsumda jami 21 ta o‘yinda (jami 788 daqiqa) maydonda harakat qildi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali Jerdan Shakirini 14,00 mln evroga baholamoqda. U “Liverpul”ga 2018 yil “Stok Siti”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!