"Liverpul" himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 11.09.2023 11:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yangi transferlar ustida ishlash bilan birga tarkibdagi futbolchilarni ham ushlab qolishga harakat qilmoqda. "Qizillar" Konstantin Tsimikas bilan yangi bitim imzolamoqchi, deya xabar tarqatmoqda "The Athletic" nashri. 

Fabritsio Romano ham himoyachi va klub o‘rtasida shartnomani yangilash borasida muzokaralar ketayotganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Tsimikas 2021 yili "Olimpiakos"dan 13 million evro evaziga sotib olingan va uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!