"Liverpul" himoyachisi taqdirga tan bergan ko‘rinadi

  • 31 dekabr, 2022, 11:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jamoaning chempionlik uchun kurashish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tecno

Kecha "Lester"ni mag‘lub etgan (2:1) "Liverpul" Angliya premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda qoldi. Jamoa ayni dam "Arsenal"dan 12 ochko, "Manchester Siti"dan esa 7 ochkoga ortda qolmoqda.

"Hozirgi payt barchamiz realistik bo‘lishga harakat qilyapmiz, lekin bizning maqsadimiz har doim chempionlikni qo‘lga kiritish yoki hech bo‘lmaganda chempionlik poygasida qatnashish bo‘lishi tayin. O‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi, bu safar ham "Manchester Siti"ni oxirigacha quvamiz.

Hozir biz "Arsenal"dan juda ortdamiz, shuning uchun faqat mo‘’jizaga umid qilishimiz mumkin", dedi himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!