
"Liverpul" hujumchisi A Seriya chempioni bilan shaxsiy kelishuvlarga erishdi
"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes "Napoli" klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol insayderi Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli urugvaylik futbolchi "Napoli" bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan 5 yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘lgan. Agar transfer amalga oshsa, Nunes Italiyada yiliga 5 million evro maosh oladi.
Hozirda ikki jamoa o‘rtasida futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Shu bilan birga, Nunes Saudiya Arabistoni chempionatidan tushgan bir necha taklifni rad etgani ham ma’lum qilindi.
2024/25 yilgi mavsumda Darvin mersesaydliklar safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan jamoasiga yordam berdi.
Fikrlar