
"Liverpul" hujumchisi "Barselona"ga o‘tish fikridan qaytdi
"Liverpul" hujumchisi Luis Dias mersisayd klubida qoladi. Bu haqda Diario Sport nashri jurnalisti Tomas Andreu Simon xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi "Barselona"ga o‘tish g‘oyasidan voz kechishga qaror qilgan. Kolumbiyalik futbolchi anchadan beri kataloniya klubiga o‘tishi haqida ko‘plab mish-mishlar aylanayotgan edi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Dias "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
APL chempioniga aylangan Dias barcha musobaqalarda 47 o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Hujumchining amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uning narxini 85 million evroga baholamoqda.
Fikrlar