“Liverpul” hujumchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 21 yanvar, 2023, 23:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Roberto Firminoning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Hali yangi bitimga imzo chekilmagan.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, mersisaydliklar braziliyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Holat haqida bosh murabbiy Yurgen Klopp ham gapirdi.

Tecno

“Firminoni shu erda qolishini istayman. Hech qanday muammo yo‘q, lekin men uning rejalarini bilmayman”, - dedi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bor. Uning ketish-ketmasligi o‘ziga bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!