"Liverpul" hujumchisi mavsum so‘ngida jamoani tark etadi

  • 3 mart, 2023, 18:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Roberto Firmino mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etadi.

Tecno

"Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, hujumchi yakuniy qarorni qabul qilgan. Braziliyalik futbolchi shartnomasini uzaytirmaydi va shu yozda "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etadi.
Bugun futbolchining shaxsan o‘zi Yurgen Kloppga qarori haqida ma’lum qilgan. Firmino 2015 yilda APL grandiga kelib qo‘shilgan edi. Mersisayd klubi bilan u 7 ta sovrin – premer-liga, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Superkubogi, Angliya liga kubogi, Evropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi "Liverpul" jamoasi safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!