“Liverpul” ikki futbolchi bilan xayrlashdi

  • 17.08.2021 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati ikki futbolchini Chempionship klublariga ijaraga berib yubordi. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi mavsumda ularga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Shunday qilib, 19 yoshli tayanch yarim himoyachi Leyton Klarkson “Blekbern” klubida tajriba oshirib keladigan bo‘ldi.

26 yoshli markaziy himoyachi Ben Devis esa “Sheffild Yunayted”ga ijaraga jo‘natildi. “Liverpul” bu o‘yinchini qishda “Reston”dan 1,85 million evroga xarid qilgan edi. Devis yarim mavsum davomida yangi jamoasida rasmiy uchrashuvlarda biror daqiqa o‘ynagani yo‘q.

Endi har ikki futbolchi Chempionship o‘yinlarida “Liverpul”da to‘p tepishga loyiq ekanini namoyish qilishi lozim. Yurgen Klopp qo‘l ostidagi mutaxassislar mavsum davomida ularning o‘yinini kuzatib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!