"Liverpul" "Inter" rahbariyatining fikrini o‘zgartirmoqchi
La Repubblica nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Inter" klubi va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barella faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "nerradzurilar" etakchi futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas, ammo "Liverpul" Barella uchun Milan klubiga 70 million evro to‘lashga tayyor. Bu taklif moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan hozirgi davrda “Inter” rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Aytish kerakki, Nikologa shaxsan mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp jiddiy qiziqmoqda.
Barella o‘tgan mavsum A Seriyada 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoasining 7 ta goliga assistentlik qildi.
Nikolo Barella 11 iyul kuni Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘ldi.

Fikrlar