"Liverpul" Isak transferi bo‘yicha boshqa taklif jo‘natmaydi

  • 1 avgust, 22:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" "qarg‘alar" 25 yoshli futbolchini 110 million funtga (126,5 mln evro) sotishdan bosh tortganidan so‘ng, joriy transferlar davrida "Nyukasl" forvardi Aleksandr Isakni sotib olish bo‘yicha yangi taklif berishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Nyukasl"ning o‘zi ushbu kelishuv bo‘yicha mersisaydliklarga murojaat qilsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq OAVda Isak "Nyukasl"ni tark etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlanishicha, hujumchi sobiq jamoasi "Real Sosedad" bazasida mashg‘ulotlarni boshlagan, Eddi Hau jamoasi esa Janubiy Koreyada Osiyo bo‘ylab mavsumoldi safarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!