"Liverpul" Isak transferi uchun yana kurashga tayyor – Romano

  • 19 iyul, 15:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Avvalroq klub mutasaddilari mersesaydliklarning taklifini rad etgan edi.

Tecno

Shu bilan birga, Romanoning ta’kidlashicha, agar "Nyukasl" o‘z qarorini o‘zgartirsa va 25 yoshli shvedtsiyalik futbolchisini sotishga rozi bo‘lsa, "Liverpul" darhol muzokaralarni tiklaydi. Isak Angliya grandi uchun haqiqiy orzu transferi sifatida baholanmoqda.

Alexander Isak during the Newcastle United Pre Season Training Session at FC Seefelder Plateau on July 17, 2025 in Innsbruck, Austria.

Garchi jamoa ayni paytda "Ayntraxt" forvardi Yugo Ekitike bilan muzokara olib borayotgan bo‘lsa-da, Isak uchun eshiklar hali ham ochiq. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Isakning bozor bahosi 120 million evroga teng. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni klublarini ham qiziqtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!