“Liverpul” ketadigan yulduzlar nomini oshkor qildi

  • 15 mart, 2021, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlik unvonini munosib himoya qila olmayotgan “Liverpul” yozda katta o‘zgarishlarga yuz tutadi. Jamoani bir necha futbolchilar tark etishi kutilmoqda. Bosh murabbiy Yurgen Kloppga kerak bo‘lmay qolganlar orasida mashhur yulduzlar ham bor.

Tecno

Birinchi navbatda, klub rahbariyati jamoaga umuman foydasi tegmayotgan Divok Origini sotib yuboradi. 2015 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilib kelayotgan belgiyalik hujumchi raqobatni engib, asosiy tarkibga kira olmayapti. Uning shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

Shuningdek, yozda klubni Jerdan Shakiri tark etishi ham aniq bo‘lib ulgurgan. Bundan tashqari, Jorjino Veynaldum, Nabi Keyta va Klopp bilan chiqisha olmayotgan Muhammad Saloh ham o‘ziga yangi jamoa qidirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!