"Liverpul" Keza uchun kurashga qo‘shildi

  • 27.08.2024 11:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ushbu yozda "Yuventus"ni tark etishi aniq bo‘lgan Federiko Keza faoliyatini APLda davom ettirish ehtimoli yuqori. Unga "Chelsi"dan tashqari "Liverpul" ham qiziqish bildiroqda. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi taklifga ochiq. Klublar kelishib olishsa bo‘ldi, mazkur transfer amalga oshadi. Turinlkilar vinger uchun 15 million evro istamoqda. 

Kezaning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Klub uni keyingi yil tekinga qo‘yib yuborish niyati yo‘q va Tyago Motta ham futbolchini jamoani tark etishini istadi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida Federikoni klub "Fiorentina"dan 45 million evroga sotib olgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!