"Liverpul" klublar o‘rtasidagi JCh finaliga chiqdi
Dohadagi "Halifa" stadionida kechgan uchrashuvda inglizlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Nabi Keyta hamda Roberto Firminolar tomonidan kiritilgan gollarga meksikaliklar safida Roxelio Funes Mori bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ularga finalda Braziliyaning "Flamengo" klubi raqiblik qiladi.
"Monterrey" (Meksika) – "Liverpul" (Angliya) 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Keyta, 1:1 – 14 Funes Mori, 1:2 – 90 Firmino.
"Monterrey": Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layyun, 79), Vandjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges.
"Liverpul": Alisson, Xenderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shakiri (Mane, 68), Salax, Origi (Firmino, 85).
Ogohlantirishlar: Vandjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78).
Fikrlar