"Liverpul" Londonda raqibini yanchib tashladi!

  • 19 dekabr, 2020, 19:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlandi. Ilk bellashuvda "Kristal Pelas" hamda "Liverpul" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda mehmonlar 7:0 hisobida raqibni tor-mor keltirdi.

Dastlab, Takumi Minamino tezkor gol urib, hisobni ochdi. Shuningdek, Sadio Mane va Jordan Xenderson ham bir matradan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Roberto Firmino hamda Muhammad Saloh dublni rasmiylashtirdi.

Ushbu g‘alaba mersisaydliklarning turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. 31 ochko to‘plagan Klopp shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Tottenxem"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. Sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib olgan "Kristal Pelas"ning ochkolari soni 18 taligicha qoldi va ular onlayn jadvalda 12-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!