“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga ikkita zo‘r hujumchi tanladi

  • 07.11.2025 14:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zgan mavsum “Liverpul” chempionligida muhim rol o‘ynagan Muhammad Salohning yangi chempionatdagi o‘yinida keskin pasayish kuzatilmoqda.

Klub sport bo‘limi misrlik futbolchi o‘rniga boshqa ijrochilarni topish harakatini boshlab yubordi.

Football Insider nashrining yozishicha, mersisaydlik skautlarning nishoniga “Borunmut” to‘purari Antuan Semeno va “Nyukasl” hujumkor futbolchisi Entoni Gordon tushdi.

Klubda 33 yoshli Salohning imkoniyatlari shubha ostiga olinganidan keyin mutasaddilarning bu ikki hujumchiga bo‘lgan e’tibori sezilarli darajada kuchaydi.

“Liverpul” murabbiylarini Semeno va Gordonning jarima maydonchiga yorib kirish mahorati va hujum chizig‘ining bir nechta nuqtasida o‘ynay olish qobiliyati jiddiy qiziqtirmoqda. Bu ikki o‘yinchi gol urishdan tashqari, assistentlik vazifasini ham katta mahorat bilan uddalab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!