"Liverpul" Nunes ketsa, Bundesliga to‘purari bilan muzokaralarni boshlaydi!
"Givemesport" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" yangi mavsum arafasida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasida harakat qilayotgan Hugo Ekitikeni olib kelish masalasida dastlabki muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq, bu transfer amalga oshishi uchun urugvaylik hujumchi Darvin Nunes jamoani tark etishi talab etiladi.
Ayni vaqtda klub bosh murabbiyi Arne Slotga katta mablag‘lar ajratib, tarkibni kuchaytirishga ruxsat berilgan. Yaqinda Florian Virtsning "Bayer"dan olib kelinishi bunga yorqin misol — bu transfer Angliya tarixidagi eng qimmat kelishuvlardan biriga aylanishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub va muxlislar Diogu Jotaning o‘tgan haftadagi avtomashina halokatida hayotdan ko‘z yumgani sabab, qattiq qayg‘uda. Mana shunday og‘ir damlarda "Liverpul" Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqib, yangi mavsumda yanada ko‘proq sovrinlarni yutish orqali Jota xotirasini abadiylashtirishni maqsad qilmoqda.



Fikrlar