
“Liverpul” orolda tarbiyalangan zo‘r futbolchi topdi
Shvetsiyaning “Norchyoping” jamoasi yarim himoyachisi Isak-Bergmann Yoxannesson faoliyatini “Liverpul”da davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Yurgen Klopp yuborgan skautlar Shvetsiyaga kelib, Chempionlar ligasi doirasidagi “Norchyoping” - “AIK” uchrashuvida 17 yoshli islandiyalik futbolchi o‘yinini bevosita kuzatdi.
“Liverpul” bu futbolchi 18 yoshga to‘lganidan keyin, ya’ni kelasi yozda shartnoma tuzish imkoniga ega bo‘ladi. Biroq, Yoxannesson qo‘lga kiritish uchun liverpulliklar raqobatda “Yuventus” va “Manchester Yunayted”ni ortda qoldirishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar