"Liverpul" o‘z safiga "Bavariya" futbolchisini qo‘shib olmoqchi

  • 25 avgust, 2017, 14:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Renatu Sanshesh “Liverpul”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

20 yoshli Evropa chempioni doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni juda ham xohlamoqda va u bu borada ingliz klublaridan bo‘layotgan takliflardan foydalanmoqchi.

O‘z navbatida myunxenliklar ham Sanshesh bilan butunlay xayrlashmoqchi emas va uni o‘zlari uchun qulay shartlarda vaqtinchalik ijaraga berishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti portugaliyalik futbolchini jamoada qolishi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!