"Liverpul" rahbariyati jiddiy ishga qo‘l urdi

  • 2 aprel, 2021, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" rahbariyati "Lion"ning niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depay uchun "Barselona" bilan raqobatlashishga tayyor. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "mersisaydliklar" misrlik hujumchi Muhammad Salohning jamoadan ketishi haqida tarqalgan ko‘plab mish-mishlar ortidan aynan o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ammo, APL chempioni bu borada "Barsa"ga qarshi bo‘ladigan jiddiy raqobatga tayyor bo‘lishi kerak. Boisi, kataloniyaliklar ham 27 yoshli Depayni o‘tgan yilning yozidan buyon tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirib kelmoqda. Qolaversa, Depay Gollandiya terma jamoasi safida “Barselona” hozirgi bosh murabbiyi Ronald Kuman qo‘l ostida shug‘ullangan va bu ham kataloniyaliklarning ustunligiga xizmat qilishi mumkin.

Depayning "Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va shu bois, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Memfis joriy 2020/2021 yilgi mavsumda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yiishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!