"Liverpool" "Real"dan 70 million yevroga futbolchi sotib olmoqchi

  • 31.12.2025 02:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "Real" yarim himoyachi Eduardu Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Ispaniya OAVlari ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar havbek uchun "qirollik klubi"ga 70 million evrolik taklif jo‘natgan. Hozirda "Real" rahbariyati yarim himoyachini ushbu mablag‘ evaziga sotishni jiddiy o‘ylamoqda. 

23 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozorida narxi 50 million evroga baholanmoqda. 

Ma’lumot uchun, Kamavinga 2021 yildan beri madridliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida havbek 196 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!